Tayson Fyuri jangdan so‘ng: o‘ziga nisbatan jiddiy tanqid eʼlon qildi...

Tayson Fyuri yaqinda Derek Chisora va Deontey Uaylder o‘rtasidagi jangni tomosha qilganidan keyin o‘z his-tuyg‘ulari bilan bo‘lishdi. Uning so‘zlari keskinligi va samimiyligi bilan ajralib turdi.
Fyuri ushbu jangni ko‘rish uni ruhiy jihatdan og‘ir holatga solganini tan oldi. U ringdagi manzarani achinarli deb baholab, ikki nafar kuchli bokschining bu qadar past darajaga tushib qolganini avval hech qachon ko‘rmaganini aytdi.
«Bu jangni tomosha qilish men uchun juda og‘ir bo‘ldi. Bu achinarli edi. Hayotimda hech qachon ikki nafar erkak bu qadar past darajaga tushganini ko‘rmaganman», – dedi Fyuri.
Shu vaziyat unda jiddiy savol uyg‘otgan: “Va men o‘ylab qoldim: nahotki, keyingisi menman?” — degan fikr uni bezovta qilgan. U shu sabab jamoasiga qatʼiy talab qo‘yib, agar u ham jang davomida xuddi shu darajada yomon holatga tushib qolsa, uni ringdan zudlik bilan olib chiqishni so‘ragan.
«Shuning uchun jamoamga aytdim: «Agar men ham jangda shu yigitlardan kamida 10% darajada yomon bo‘lsam ham, meni maydonga olib chiqib otib tashlanglar», – dedi Fyuri.
Fyurining bu bayonoti uning o‘ziga nisbatan talabchanligi va sportdagi real vaziyatni to‘g‘ri baholashini ko‘rsatadi. U har qanday holatda ham o‘z obro‘si va formasiga jiddiy yondashishini yana bir bor namoyon etdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda Deontey Uaylder Londonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Derek Chisorani hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!