date

Sindarov va Karuana o‘rtasidagi keskin klassik jang bo‘ladi bugun...

Sindarov va Karuana o‘rtasidagi keskin klassik jang bo‘ladi bugun...

Javohir Sindarov va Fabiano Karuana o‘rtasidagi klassik partiyalar statistikasi raqamlarda ko‘rib chiqilganda, haqiqiy yuqori darajali shaxmat kurashi namoyon bo‘ladi.

Fabiano Karuana Nomzodlar turnirining eng tajribali ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. U mazkur musobaqada 6 marta qatnashgan (2016, 2018, 2020/21, 2022, 2024, 2026) va 2018 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Hozirgi kunda u jahon reyting jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Birinchi turda Sindarov va Karuana o‘rtasidagi uchrashuv o‘ta keskin va murosasiz ruhda o‘tgan edi. O‘sha partiyada Javohir g‘alaba qozongan va aynan shu natija uning jahon reytingida 6-o‘ringa ko‘tarilishiga turtki bergan.

Fabianoning birinchi turdagi umumiy natijalari esa quyidagicha shakllangan:

— 3 ta durang (Anish Giri, Andrey Yesipenko, Praggnananda Rameshbabu),

— 3 ta g‘alaba (Hikaru Nakamura, Vey Yi, Mattias Blyubaum),

— 1 ta mag‘lubiyat (Javohir Sindarov).

Bugungi tur Fabiano Karuana uchun katta ahamiyat kasb etadi. Nazariy jihatdan, ushbu partiya unga chempionlik uchun kurashda umidni saqlab qolish uchun so‘nggi imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkin.

Sindarov esa o‘z navbatida o‘zining barqaror formasini davom ettirib, favorit raqiblarga qarshi yana bir muhim g‘alaba yoki natija qayd etishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sindarov va Karuana o‘rtasidagi keskin klassik jang bo‘ladi bugun...