Sindarov - Karuana bahsida durang: Javohir peshqadamlikni saqlab qoldi

Kiprda o‘tayotgan Nomzodlar turniri qizg‘in davom etmoqda. Musobaqaning 11-turida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov oq-qora kurashda amerikalik kuchli shaxmatchi Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda harakat qildi.
Eʼtiborlisi, ushbu shaxmatchilar o‘rtasida birinchi davra bahsida Sindarov g‘alaba qozongan edi va bu gal ham u kuchli raqibga qarshi o‘yinda o‘z ustunligini saqlashga harakat qildi.
Hozirgi holatga ko‘ra, Sindarov 8,5 ochko to‘plab, turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin taʼqibchisi sifatida niderlandiyalik grossmeyster Anish Giri 6,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Maʼlumot uchun, 12-tur uchrashuvlari 12 aprel kuni o‘tkaziladi. Unda Sindarov amerikalik mashhur shaxmatchi Hikaru Nakamuraga qarshi dona surishi kutilmoqda. Turnir yakunlanishiga yana uchta tur qolgan bo‘lib, har bir partiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Nomzodlar turniri g‘olibi 70 ming yevro mukofot pulga hamda jahon shaxmat toji uchun asosiy bahsga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!