date

UFC 327 turniri: Proxazkani nokaut qilgan Ulberg yangi chempion bo‘ldi

UFC 327 turniri: Proxazkani nokaut qilgan Ulberg yangi chempion bo‘ldi

AQSHning Mayami shahrida o‘tkazilgan “UFC 327” turniri o‘z yakuniga yetdi. Kechaning eng asosiy jangida chexiyalik Irji Proxazka hamda Yangi Zelandiya jangchisi Karlos Ulberg yarim og‘ir vazn bo‘yicha chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tarildi. Ulberg birinchi raundning o‘zida nokaut qayd etib, yangi chempionga aylandi.

Prelim kard natijalari

Kechaning dastlabki janglarida bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar qayd etildi. Charlz Radtke Fransisko Pradoni 30–27 hisobidagi bir ovozdan ustunlik bilan taslim etdi. Visente Lyuke esa birinchi raunddayoq Kelvin Gastelumni sabmishn orqali mag‘lub etdi.

Kris Padilya ochkolar hisobiga Markel Mederos ustidan g‘alaba qozondi. Tatyana Suares ikkinchi raundda Lupi Godinesni bo‘g‘ish usuli bilan yengdi. Mateush Gamrot ham ikkinchi raundda Esteban Ribovichni sabmishn orqali taslim qildi.

Kevin Xolland hakamlarning yakdil qarori bilan Rendi Braunni mag‘lub etdi. Kechaning yana bir kutilmagan natijasi — Aaron Piko Patrisio Pitbulni ochkolar bo‘yicha yengishi bo‘ldi.

Asosiy kard natijalari

Asosiy janglarda ham keskin to‘qnashuvlar kuzatildi. Kab Suonson birinchi raundda Neyt Landverni nokaut qildi. Dominik Reyes hakamlar qarori bilan Jonni Uokerni mag‘lub etdi.

Josh Xokit esa Kyortis Bleyds ustidan yakdil qaror bilan g‘alaba qozondi. Paulo Kosta 3-raundda Azamat Murzakanovni nokautga uchratdi.

Kechaning final jangida Karlos Ulberg Irji Proxazkani birinchi raunddayoq nokaut qilib, yarim og‘ir vaznning yangi chempioni sifatida tarixga kirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UFC 327 turniri: Proxazkani nokaut qilgan Ulberg yangi chempion bo‘ldi