date

Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

APLning 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy uchrashuvda “Manchester Siti” safarda “Chelsi”ga qarshi maydonga chiqib, ishonchli tarzda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu muhim bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi va himoya chizig‘ida barqaror o‘yin ko‘rsatdi.

Uchrashuv yakunidan so‘ng bir qator mashhur statistik platformalar futbolchilarning o‘yinini baholab chiqdi. “Fotmob” portali Husanovga 7.2 ball bergan bo‘lsa, “Sofascore” uning harakatlarini 7.6 ball bilan baholadi. Shuningdek, “Flashscore” portali ham himoyachimizga 7.1 ball qo‘ydi.

Shu tariqa, Husanovning o‘yini barqaror va ishonchli deb topilib, turli tahlilchilar tomonidan ijobiy baholandi.

Maʼlumot uchun, ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti”ning ochkolari soni 64 taga yetdi va jamoa turnir jadvali peshqadami “Arsenal”dan 6 ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?