date

Manchester Siti Xusanov bilan Chelsi ustidan 3:0 g'alaba qozondi

Хусанов Манчестер Сити Челси матч

Angliya Premier-ligasining 32-tur o'yinida "Manchester Siti" Londondagi "Stamford Bridge" stadionida "Chelsi"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Birinchi yarim vaqt ikki jamoa o'rtasida tenglik bilan o'tdi. Ikkinchi yarim vaqtda "Manchester Siti" tashabbusni qo'lga olib, raqib darvozasiga bosimni kuchaytirdi.

51-daqiqada O'Reyli Sherkining uzatmasidan bosh bilan gol urdi. 57-daqiqada Gexi standart vaziyatdan foydalanib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. 68-daqiqada Doku "Chelsi" himoyachilarining xatosidan foydalanib, hisobni 3:0 ga olib chiqdi.

O'zbekiston terma jamoasining himoyachisi Abdukodir Xusanov "Manchester Siti" asosiy tarkibida maydonga tushdi va barcha 90 daqiqani o'ynadi.

APL. 32-tur. Chelsi — Manchester Siti 0:3
Gollar: O'Reyli 51, Gexi 57, Doku 68.

Ushbu muhim g'alabadan so'ng "Manchester Siti" 64 ochko to'plab, jadvaldagi ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Gvardiola jamoasi lider "Arsenal"dan 6 ochko orqada va yana bir o'yin zapasga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Xusanov bilan Chelsi ustidan 3:0 g'alaba qozondi