Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston yoshlari yana oltin medal oldi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Toshkent–2026 jahon chempionatida yana bir muvaffaqiyat qayd etdi. Jamoa musobaqada o‘zining ikkinchi medalini qo‘lga kiritib, umumiy natijalar jadvalini yana-da yaxshiladi.
-48 kg vazn toifasidagi vakil Yosinbek Odilov barcha raqiblarini mahorat va ishonch bilan ortda qoldirib, musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egalladi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Final bellashuvida u O‘mon terma jamoasi vakili Dovud Al-Yusufiyga qarshi tatamiga chiqdi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda hamyurtimiz ustunlikni saqlab qoldi va jami 2:0 hisobida (5/1, 11/9) g‘alaba qozondi.
Yosinbek Odilov ushbu chempionatda o‘zining eng yuqori natijasini qayd etib, O‘zbekistonga oltin medal olib keldi. Shu tariqa mamlakat hisobidagi medallar soni 2 taga yetdi — 1 ta oltin va 1 ta kumush.
Jahon chempionatida yoshlarimizning bunday natijalari O‘zbekiston taekvondosining salohiyati yana-da yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!