Mbappe: “Real”da o‘ynash — Alloh tomonidan berilgan katta sovg‘a!

Kilian Mbappe Madridning "Real" klubida o'ynashni Alloh tomonidan berilgan katta sovg'a va baxt deb atadi. Futbolchi dunyoning eng buyuk jamoasi safida ishtirok etish unga ilhom bag'ishlayotganini va mahoratini oshirayotganini ta'kidladi. Ushbu fikrlar "Mundo Deportivo" nashri tomonidan e'lon qilindi.
Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe Madridning “Real” klubidagi o‘yinlari va bu yerda to‘p tepish tajribasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uning taʼkidlashicha, “Real” safida o‘ynash — u uchun katta baxt va ilhom manbai hisoblanadi.
“Bu jamoada o‘ynash — Alloh tomonidan berilgan katta sovg‘a kabi. ‘Real‘ libosida maydonga tushish orqali sen dunyoning eng buyuk klubini himoya qilasan va eng yirik uchrashuvlarda ishtirok etasan. Bu meni juda baxtli qiladi. Bu yerda o‘yin darajam yana-da yaxshilandi”, — dedi Mbappe.
Bu so‘zlar “Mundo Deportivo” nashri tomonidan keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni, chorshanbada Madridning grand jamoasi mehmonda Myunxenning “Bavariya” klubiga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvini o‘tkazadi. Ilk o‘yinda ispan klubi “Santyago Bernabeu”da 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.































Izohlar 0
…