PSJ va “Atletiko”ning yarim finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Yevropa klub futbolida eng nufuzli musobaqalardan biri — Yevropa Chempionlar ligasi doirasida yarim finalga yo‘l olgan ikki jamoa nomi maʼlum bo‘ldi. Ular — PSJ va “Atletiko Madrid”.
Parijliklar chorak finalda “Liverpul” jamoasini har ikki uchrashuvda ham bir xil — 2:0 hisobida mag‘lub etib, ishonchli tarzda keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Ular maydonda barqaror o‘yin ko‘rsatib, raqibga imkoniyat qoldirmadi. Endi esa fransiyalik klub yarim finalda “Real Madrid” — “Bavariya” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Ikkinchi yarim finalchi sifatida esa “matraschilar” nomi bilan tanilgan “Atletiko Madrid” maydonga chiqdi. Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa “Barselona” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, umumiy natija orqali yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi madridliklar navbatdagi bosqichda “Arsenal” yoki “Sporting” jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi. Bu esa yarim final bosqichi yana-da qizg‘in va kutilmagan natijalarga boy bo‘lishini anglatadi.
Shu tariqa, turnir final sari qizg‘in tus olmoqda va har bir o‘yin muxlislar uchun haqiqiy futbol spektakliga aylanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!