13:31 / 05.04.2017
6 982

«G‘allakor-Barsa»ning ikki futbolchisi avtohalokatga uchradi: biri komada, ikkinchisi vafot etdi

«G‘allakor-Barsa»ning ikki futbolchisi avtohalokatga uchradi: biri komada, ikkinchisi vafot etdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Birinchi ligasida ishtirok etayotgan «G‘allakor-Barsa» klubining ikki futbolchisi avtohalokatga uchradi. Bu haqda «Dinamo» klubi matbuot kotibi Usmon Ibodov Twitter sahifasida ma’lum qildi va futbolchilarni duo qilishni so‘radi, deb yozadi Daryo nashri.

Farg‘onaning «Istiqlol» klubi 2-tur doirasida G‘allaorolga safar uyushtirib, «G‘allakor-Barsa» ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi. O‘yindan keyin samarqandlik ikki futbolchi — Nurbek Safarov hamda Tehron o‘z shahriga avtomashinada yo‘lga chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada jami 4 kishi bo‘lgan.

Samarqand yo‘lida futbolchilar joy olgan mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Tehron ismli futbolchi voqea joyida olamdan o‘tgan. Nurbek Safarov esa ayni damda koma holatida. Qolgan ikki yo‘lovchi haqida ma’lumot berilmagan.

Mazkur ikki futbolchi o‘tgan mavsumni Samarqandning «Sherdor» jamoasi safida o‘tkazgan. Bu mavsum klub Birinchi ligada ishtirok etmayotgani uchun ularning xizmatidan «G‘allakor-Barsa» foydalanib kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «G‘allakor-Barsa»ning ikki futbolchisi avtohalokatga uchradi: biri komada, ikkinchisi vafot etdi