date

Kanselu "Barselona"dagi kelajagi hozirgi vaqtda ustuvor vazifa emasligini ma'lum qildi

Kanselu "Barselona"dagi kelajagi hozirgi vaqtda ustuvor vazifa emasligini ma'lum qildi

"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu klubdagi kelajagi hozirgi vaqtda u uchun ustuvor vazifa emasligini ma'lum qildi. Portugaliyalik futbolchi bor e'tiborini Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bo'lajak uchrashuvga qaratgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kanseluning ta'kidlashicha, futbolda har qanday voqea yuz berishi mumkin va u keyingi mavsumda nima xohlashini yaxshi biladi. Hozirda himoyachi uchun eng muhimi jamoasiga Yevropa maydonlarida va Ispaniya chempionatida muvaffaqiyat qozonishga yordam berishdir.

Futbolchi bosh murabbiy Xansi Flik haqida ham to'xtalib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, Flik o'yinchilarga juda yaqin va jamoaga o'zgacha agressiv dinamika olib kirgan.

Kanselu nemis mutaxassisini tajribali murabbiy sifatida tavsiflab, uning uslubi Xavinikidan farq qilishini qayd etdi.

Shuningdek, himoyachi yosh iqtidor egasi Lamin Yamalni dunyoning eng kuchli uch nafar futbolchisidan biri deb atadi. Kanselu Gavi va Rafinyaning jamoa uchun ahamiyati yuqori ekanini, ular maydonda va uning tashqarisida haqiqiy yetakchi ekanliklarini e'tirof etdi.

Kanselu o'zining jismoniy holati va "Al-Hilol" bilan shartnomasi borligi haqida gapirar ekan, mavsum yakuniga qadar barcha variantlar ochiq qolishini bildirdi. U o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori ekanini va jamoaviy maqsadlar yo'lida mehnat qilishda davom etishini ta'kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanselu "Barselona"dagi kelajagi hozirgi vaqtda ustuvor vazifa emasligini ma'lum qildi