23:00 / 08.04.2017
3 150

Joze Mourino: Chicharito «MYu»da zaxiradan maydonga tushib ham yiliga 20 ta gol urgan bo‘lardi


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaga Xaver Ernandes singari to‘purar hujumchi etishmayotganini ta’kidladi, deb yozadi "Uff.uz".

"Bizning futbolchilar hujumni yaxshi tugata olishmayapti. Ular texnik jihatdan kuchli va ijodkor futbolchilar, ammo shu bilan birga raqib darvozasi oldida "yirtqichlik" instinkti etishmaydi.

Men hozir oddiy misol keltiraman. O‘z maydonimizda o‘tkazadigan o‘yin uslubimizdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Xaver Ernandes kabi hujumchi osonlik bilan yiliga 20 ta gol urgan bo‘lardi. Hatto u o‘yin tugashiga 15-20 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushgan taqdirda ham.

U tabiatan shunday futbolchi, to‘pni qabul qilgani zahoti "bum" va u darvoza to‘ridan o‘rin oladi. Oshirib berilgan to‘plarga ham birinchilardan bo‘lib etib kelardi va gol urardi", - deydi Mourino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: Chicharito «MYu»da zaxiradan maydonga tushib ham yiliga 20 ta gol urgan bo‘lardi