Borussiya Borussiya Dortmund Benjamin Pavard transferi ustida ishlamoqda

Myunxenning Bavariya klubida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Benjamin Pavard Interdagi qisqa muddatli faoliyatidan so‘ng Marselga yo‘l olgan edi. Biroq fransiyalik himoyachining kelajagi hozirda katta so‘roq ostida qolmoqda. Futbolchi o‘tgan yili Marsel loyihasiga ishonib, Fransiyaga qaytishga qaror qilgan bo‘lsa-da, jamoaning mavsumdagi natijalari kutilganidek bo‘lmadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Marsel jamoasi mavsumni yaxshi boshlaganiga qaramay, keyinchalik inqirozga yuz tutdi. Roberto De Zerbi iste’foga chiqarildi, muxlislar noroziliklari va klub rahbariyatidagi o‘zgarishlar jamoa muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, Benjamin Pavardning ijara shartnomasi yakunlangach, klub uni doimiy asosda sotib olishdan voz kechishi mumkinligi aytilmoqda.
15 million yevrolik sotib olish opsiyasi Marsel uchun qimmatlik qilmoqda, ayniqsa jamoaning yevrokuboklar zonasidan chiqib ketishi bu transferni imkonsiz qiladi. Himoyachi joriy mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, barqaror o‘yin ko‘rsata olmadi va ba’zi uchrashuvlarda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi.
Vaziyatdan xabardor bo‘lgan Borussiya Borussiya Dortmund klubi esa himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Tajribali himoyachi yozgi transfer oynasida arzon narxda sotib olinishi mumkin bo‘lgan variant sifatida ko‘rilmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Pavard Bundesligaga qaytishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!