Pep Guardiola Fil Foden va Josko Gvardiol bilan shartnomani uzaytirmoqchi

1 daqiqa o'qish214
Pep Guardiola Fil Foden va Josko Gvardiol bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Guardiola Fil Foden bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar yakuniy bosqichga yetganini tasdiqladi. Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi klub bilan 2030-yilga qadar mo‘ljallangan yangi bitimni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Shuningdek, klub Josko Gvardiol bilan ham hamkorlikni uzaytirish niyatida. Xorvatiyalik himoyachi jarohatidan forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarga qaytdi. Guardiola uning universal o‘yinchi ekanligini ta’kidlab, uning jamoada qolishini istashini bildirdi.

Murabbiy muzokaralar ijobiy ruhda o‘tayotganini, biroq hali rasmiy hujjatlar imzolanmaganini qayd etdi. "Sport direktori bilan gaplashdim, Foden bilan kelishuvga juda yaqinmiz. Umid qilamanki, barchasi ijobiy yakunlanadi", - dedi kataloniyalik mutaxassis.

Gvardiol o‘tgan mavsumda Manchester Siti uchun muhim o‘yinchi bo‘lgan edi. Pep Guardiola uning safga qaytishi jamoa uchun mavsumning hal qiluvchi pallasida katta yordam berishiga ishonch bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?