Roberto De Zerbi Dejan Kulusevskining JCHdagi imkoniyatlarini baholadi

Tottenxem bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Dejan Kulusevskining yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida Shvetsiya terma jamoasi safida maydonga tushish imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda. Vinger tizzasidagi jiddiy jarohat sababli uzoq vaqt maydondan chetda qoldi va murabbiy futbolchining turnirga qadar tiklanib olishi qiyin bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Kulusevski 2025-yilning may oyidan beri tizza jarohati tufayli o‘yinlarda ishtirok etmayapti. De Zerbi futbolchining holati haqida gapirar ekan, mavsum davomida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan o‘yinchi uchun mundialda qatnashish murakkab vazifa ekanligini qayd etdi. Shunga qaramay, shvetsiyalik futbolchi o‘z imkoniyatlariga ishonmoqda va milliy terma jamoa safida maydonga tushish uchun bor kuchini sarflamoqda.
Shuningdek, italiyalik mutaxassis Richarlisonning jismoniy holati haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Braziliyalik hujumchi Aston Villaga qarshi o‘yindan so‘ng mashg‘ulotlarda qatnashmadi, biroq De Zerbi bu jarohat emas, balki yuklamalarni boshqarish bilan bog‘liq ekanligini tushuntirdi. Murabbiy futbolchini o‘yin oxirigacha maydonda qoldirib, xato qilganini tan oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!