
JCh-2026 mezbonligi uchun AQSh, Kanada va Meksika qo‘shma ariza topshirganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Kanada futbol ittifoqining rasmiy tvitteriga asoslanib "Kun.uz" xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari Konfederasiyasi (KONKAKAF) prezidenti Viktor Montalyani AQSh, Kanada va Meksika 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan JChni birgalikda o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA Kengashi 2026 yildan boshlab JChda ishtirok etuvchi terma jamoalar soni 32tadan 48taga oshirilishiga ruxsat bergandi. JCh-2026 mezboni 2020 yilning mayida aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi marta Shimoliy Amerika hududida JCh 1994 yilda, AQShda o‘tkazilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar