Ronaldu hal qiluvchi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Portugaliyalik futbol yulduzi, Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasining navbatdagi muhim uchrashuvi arafasida muxlislarga murojaat yo‘lladi. "Al-Nasr" FC hujumchisi ushbu fikrlarini X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘i orqali bildirib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, muxlislarning doimiy qo‘llab-quvvatlovi jamoaga katta ruhiy kuch bag‘ishlab kelmoqda:
Ma’lumki, bugun, 12 may kuni "Al-Hilol" SFCga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs mavsumning eng muhim uchrashuvlaridan biri hisoblanadi. O‘yin “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi turnir jadvaliga ko‘ra, “Al-Nasr” o‘z raqibi “Al-Hilol”dan 5 ochko oldinda bormoqda. Biroq “Al-Hilol”ning bitta zaxira o‘yini mavjudligi sababli, bugungi to‘qnashuv amalda chempionlik taqdirini hal qilishi mumkin.
Agar “Al-Nasr” ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, jamoa chempionlik poygasida yaqqol favoritga aylanadi. Shu bois uchrashuv nafaqat jamoalar, balki muxlislar uchun ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!