Sergio Reguilon uy hayvoni uchun 135 ming dollar sarflashga tayyor

1 daqiqa o'qish188
Sergio Reguilon uy hayvoni uchun 135 ming dollar sarflashga tayyor

Inter Mayami himoyachisi Sergio Reguilon o‘zining sevimli itini Ispaniyadan AQShga olib kelish uchun katta mablag‘ sarflashga qaror qildi. Futbolchi hayvonni oddiy yuk bo‘limida emas, balki shaxsiy samolyotda olib kelishni rejalashtirmoqda, bu esa unga 135 ming dollarga tushadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mashhur bloger TheGrefg bilan suhbatda ispaniyalik futbolchi bu qarorini itining qulayligi bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, itning uzoq masofali parvozda qiynalishini istamaydi va shuning uchun shaxsiy reys xizmatidan foydalanishni ma’qul ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Tottenxemdan erkin agent sifatida Inter Mayami safiga qo‘shilgan Reguilon hozirda jarohatlar sababli maydonga kam tushmoqda. Himoyachi joriy mavsumda atigi to‘rtta o‘yinda ishtirok etib, 175 daqiqa maydonda harakat qildi.

Inter Mayami ayni damda MLS Sharqiy konferensiyasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Reguilon sog‘ligini tiklab, jamoaning asosiy tarkibidan joy olishni va chempionlik unvonini himoya qilishda o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?