date

Neymar Santos o‘yinida ko‘z yoshlarini tiya olmadi

Neymar Santos o‘yinida ko‘z yoshlarini tiya olmadi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Santos va Koritiba o‘rtasidagi uchrashuv oldidan milliy madhiya yangrayotgan vaqtda o‘zini tuta olmay, ko‘z yosh to‘kdi. Ushbu holat futbolchining 2026-yilgi Jahon chempionati uchun e’lon qilinadigan tarkibga kirish borasidagi katta bosim ostida ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Vila Belmiro stadionida qizi bilan birga maydonga tushgan 34 yoshli futbolchi uchun bu lahzalar juda ta’sirli kechdi. Uzoq davom etgan jarohatlar va faoliyatidagi qiyinchiliklardan so‘ng, Neymar o‘zining ona klubi Santosga qaytib, yana katta futbolga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Bosh murabbiy Carlo Ancelotti dushanba kuni Braziliya terma jamoasining 26 kishilik yakuniy tarkibini e’lon qiladi. Neymar 55 kishilik dastlabki ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa-da, uning yakuniy tarkibdan joy olishi hali ham so‘roq ostida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2023-yil oktyabr oyida tizzasidagi jiddiy jarohat sabab uzoq vaqt maydondan chetda qolgan edi. Biroq 2025-yil boshida Santosga qaytishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi va u yana terma jamoa darajasidagi o‘yinlarini namoyish eta boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Neymar Santos o‘yinida ko‘z yoshlarini tiya olmadi