Yan Diomande RB Leyptsigda qolishini tasdiqladi

RB Leyptsigning yosh yulduzi Yan Diomande Liverpul qiziqishlariga qaramay, Germaniya klubida qolishini ma'lum qildi. Bundesligadagi debyut mavsumini ajoyib o'tkazgan iqtidorli hujumchi o'z rivojlanishini aynan Red Bull Arenada davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
19 yoshli ivuarlik futbolchi 2030-yilga qadar mo'ljallangan shartnomasi borligini va Chempionlar ligasida ishtirok etish uning uchun muhim ekanligini ta'kidladi. U Kicker nashriga bergan intervyusida hozirda faqat Leyptsigdagi o'yinlariga e'tibor qaratayotganini va jamoada o'zini baxtli his qilayotganini aytdi.
Diomande 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Bundesliganing "Eng yaxshi yangi futbolchisi" deb topildi. U bu sovrin uchun kurashda Luka Vuskovich va Ibrohim Mazani ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Yosh futbolchi joriy mavsumda 12 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, jamoa hujum chizig'ining yetakchisiga aylandi. Uning maydondagi mehnatkashligi va texnik mahorati murabbiy Ole Verner tomonidan ham yuqori baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!