date
views 5 297

Qosimov yana “Bunyodkor”da ish boshlashi mumkin

Qosimov yana “Bunyodkor”da ish boshlashi mumkin
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Toshkentning “Bunyodkor” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.

Klubning ushbu mavsumdagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng, bosh murabbiy Sergey Lushan o‘rniga Mirjalol Qosimov tayinlanishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda yangi murabbiy hamda klub o‘rtasida muzokaralar boshlangan.

Ta’kidlash lozim, “Bunyodkor” klubi aynan Qosimov bosh murabbiyligida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalarga erishgan. Qosimov boshqaruvida jamoa OChL yarim finaliga yo‘l olgan, shuningdek ikki karra O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qosimov yana “Bunyodkor”da ish boshlashi mumkin