23:17 / 21.04.2017
5 264

«Paxtakor» bosh murabbiyi birinchi davradan keyin jamoada o‘zgarish bo‘lishini tan oldi

«Paxtakor» bosh murabbiyi birinchi davradan keyin jamoada o‘zgarish bo‘lishini tan oldi
Toshkentning «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov jamoadagi muammolar haqida gapirib o‘tdi va birinchi davradan so‘ng jamoada katta o‘zgarish bo‘lishini tan oldi.

«Jamoa tarkibida muammolar ko‘p. Ixtiyorimizda 10-11 sog‘lom va tajribali futbolchimiz bor xolos. Ayni paytda ularni faqat bo‘lajak uchrashuvgacha sog‘lom etkazib olishni o‘ylayapmiz. Jamoani omadsizlik qamrab olgan. Yoshlardan iqtidorlilari ham jarohat olishgan. Muxlislarni faqat natija qiziqtiradi, ammo jamoadagi muammolarni aytib o‘tish kerak.

Navbatdagi turda «Navbahor»ga qarshi o‘yinda Hoshimov, Tojiev va Lobanovni maydonga tushira olmaymiz. Ehtimol, gaplarim ularga ta’sir qilmayotgandir. Raqobat bo‘lganda men boshqacharoq yo‘l tutishim mumkin edi.

Birinchi davradan so‘ng jamoada katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Hozirgi jamoa murabbiylar shtabi ishlaydimi yoki yo‘q, bilmayman. Lekin tarkib kuchaytirilsa kerak», deya Haydarovning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «Paxtakor» aksiyalarini sotib olgani va ikkinchi davradan boshlab jamoada keskin o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» bosh murabbiyi birinchi davradan keyin jamoada o‘zgarish bo‘lishini tan oldi