14:22 / 26.04.2017
6 880

«Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani tasdiqlandi

«Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani tasdiqlandi
«Paxtakor» klubi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Bugun «Paxtakor» futbol klubida rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Klub prezidenti, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan klub rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi», deyiladi klub bayonotida.

Unga ko‘ra, «Paxtakor» klubi vise-prezidenti etib O‘zbekiston dzyudo federasiyasi vise-prezidenti Bobur Qobulovich Shodiev tayinlangan.

Klub bosh direktori lavozimiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti Ahmadjonov Umid Mahamatdjanovich tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq jamoa aksiyalarini rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov sotib olgani va aynan u klub direktori lavozimiga Umid Ahmadjonov tayinlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq klub rasmiy tvitteri keyinroq bu xabarni inkor qilib chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani tasdiqlandi