Moskvaning «Lokomotiv» klubida to‘p surayotgan Vitaliy Denisov SSKAga qarshi kechgan muhim derbi oldidan «Sport-Ekspress» nashriga intervyu berib, rossiyalik hamkasblarimizni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
- «Amkar» bilan o‘yindagi hakamlikdan so‘ng o‘zingizga kelishingiz qiyin bo‘lgandir?
- Hamma aybni referiga yuklash noto‘g‘ri. Ularning ishini muhokama qiluvchilar bor. Hozir kamchiliklar haqida gapirish befoyda. Baribir, ikki ochkoni qaytarib ololmaymiz. O‘zimiz tartibli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Endi bor e’tiborni keyingi uchrashuvga qaratamiz.
- Demak, g‘alabaning boy berilishiga o‘zingiz sababchisiz?
- Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Qulay vaziyatlar yaratildi, ammo ulardan foydalana bilmadik. Hakamlik esa... Ushbu masalani qo‘mitadagilar hal etishsin. Hozir ularning ishi tobora ko‘paymoqda.
- «Zenit»-«Ural» o‘yinini nazarda tutyapsizmi?
- Ha, Bikfalvi chetlatilgan vaziyatni ko‘rdim. O‘ylashimcha, «Ural» o‘yinchisi to‘pga birinchi bo‘lib etib kelgandi. Keyin sodir bo‘lgan narsa shunchaki, to‘qnashuv edi. Bikfalvi mazkur holatda sariq kartochkaga munosib emasdi. Bu mening fikrim. O‘ylashimcha, hakam uchrashuv tizginini qo‘ldan chiqardi, xatoga yo‘l qo‘ydi va yakunda shunday vaziyat kuzatildi.
- Pavlyuchenkoni biror marta shunday g‘azablangan holda ko‘rganmidingiz?
- Futbol ehtiroslarga boy, aksariyat hollarda asabni jilovlash murakkab yumushga aylanadi. Roma esa og‘ir-bosiq, mehribon va quvnoq yigit. Ammo o‘sha paytda u haqiqatan juda achchiqlanganini ko‘rsatdi.
- Sizningcha, qaysi jamoa «Lokomotiv»ning eng prinsipial raqibi hisoblanadi - «Spartak»mi, SSKAmi yoki «Zenit»?
- Bunday klublarni engish hamisha yoqimli. Har qanday vaziyatda uch ochko olish muhim. Ammo grandlar ustidan g‘alaba qozonish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
- SSKA haqida gapirilganda ko‘nglingizdan qanday hislar kechadi?
- Albatta, bu klubning hayotimda tutgan o‘rni bor. Ammo hissiyotlar o‘ta kuchli deyolmayman. Har holda ikkinchi jamoada to‘p surganman. Asosiy tarkibda esa kubok bahslarida bir-ikki marta maydonga tushganman. Lekin baribir, o‘sha damlarni eslash yoqimli. O‘shanda Rossiyaga ko‘nikayotgandim, mamlakatni kezib chiqqandim. Ikkinchi jamoada Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdim, kubokda yutdik, UEFA kubogi finalidagi g‘alabali o‘yin paytida men ham bor edim. SSKAga qarshi hech nima deyolmayman, biroq hozir «Lokomotiv» a’zosiman. Maydonga chiqqanimda «temiryo‘lchilar» sharafi uchun kurashaman, o‘tmish bilan yashamayman.
- Shunga qaramay, chempionlik poygasida «harbiylar» tarafdori bo‘lsangiz kerak?
- Bunday savollarga ehtiyotkorlik bilan javob qaytarishga intilaman. Hozir aytgan gapim keyinchalik muhokamaga sabab bo‘lishi hech gapmas (kuladi). Umuman, g‘oliblik poygasini kuzatish maroqli. Har qanday uchrashuv vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Turnir jadvali o‘rtalaridagi kurash ham qizg‘in kechmoqda. Turli jamoalardagi hamkasblarim bilan suhbatlashaman, ayrimlariga haqiqatan ham muxlislik qilaman. Har qanday vaziyatda o‘yin kimning kuchliligini ko‘rsatadi. Faqat o‘yin.
- Nima, bunday vaziyatda birinchi darajaga boshqa narsa chiqishidan xavotirdamisiz?
- Hozirda hakamlik borasida ko‘p gapirilyapti. Ularga bunday bosimni engish oson emas. Referilarda qandaydir kamchilik kuzatilishi mumkin. Umid qilamanki, chempionat yakunida qo‘pol xato uchramaydi. Hammasi adolatli bo‘lishini xohlayman.
- SSKAga qarshi bahsda Mariu Fernandesni to‘xtatishingiz lozim. U o‘ta jiddiy raqib, shundaymi?
- Hozirda yengil raqibning o‘zi yo‘q. Har birining o‘ziga yarasha ustunligi va kamchiligi bor. Boshqa tomondan o‘yin paytida eng kuchli jihatlaringizni ko‘rsatishingiz lozim. Buni uddalash esa har doim ham nasib etavermaydi.
- Fernandesning Rossiya termasida to‘p surishi haqidagi gap-so‘zlarga qanday qaraysiz?
- Mahalliylashtirish hamma erda bor. Mariuning Rossiya termasida o‘ynash-o‘ynamasligi esa boshqa masala. Buni milliy jamoa ustozi hal qiladi. SSKA uchun bu «plyus», termaga esa... Agar Fernandes termaga yordam bersa, bundan faqat xursand bo‘laman. Mamlakat obro‘si uchun jonini berishga tayyor tursa, unga e’tiroz yo‘q. Ammo fuqarolikni shunchaki, rasmiyatchilik va yangi shartnoma uchun olsa, unda bilmadim...
- Maykon SSKA tarkibidan Zagoyevni alohida ajratib ko‘rsatdi. Siz-chi?
- Maykonning fikriga qo‘shilaman. Zagoyev ajoyib futbolchi, maydonni yaxshi ko‘ra biladi. Uni e’tirof etish o‘rinli. Ammo «armiyachilar» safida boshqa ijrochilar bisyor. Akinfeev, aka-uka Berezuskiylar, Ignashevich. Iste’dodli yoshlardan Golovin bor.
- Maykon shuningdek, Arining bo‘lajak derbida gol urishini ta’kidladi...
- Nafaqat Ari, balki boshqalar ham to‘p kiritsa, bundan faqat xursand bo‘laman.
- Chorlukaning safdan chiqqani «Loko» o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmasmikan?
- Chorlukaning himoyamizdagi o‘rni yuqori. Ammo tarkibimizda uning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Albatta, Vedranning jarohat olishi - katta yo‘qotish.
- Qanday vaziyatda «Lokomotiv» uchun mavsum muvaffaqiyatli kechdi, deyish mumkin?
- Qolgan o‘yinlarning barchasida g‘alaba qozonsak, ko‘nglimiz to‘ladi.
Manba: interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”