6 133
Paralimpiyachilar Britaniyadagi suzish bo‘yicha xalqaro musobaqada ajoyib natija ko‘rsatishdi
Joriy yilning 27-30 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Sheffeld shahrida paralimpiyaning suzish sport turi bo‘yicha Jahon seriyasi turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 45 ta davlatdan 575 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 6 nafar O‘zbekiston paralimpiya sportchilari ham sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
Hamyurtlarimiz ushbu nufuzli xalqaro musobaqada 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza jami 9 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, Xorlin Dmitriy 200 metrga kompleks suzishda (02:16.14), 400 metrga erkin suzishda (04:11.41) va 100 metrga batterflyay usulida suzishda (00:59.21) 3 ta oltin medalga ega bo‘ldi.
Tursunxo‘jaev Muzaffar 50 metr va 100 metrga erkin suzishda 2 ta kumush medali sohibi bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda esa Toshpo‘latova Shohsanam 50 metrga erkin usulida suzishda bronza medalni va 200 metrga komleks suzishda (02:26.62) hamda 100 metrga batterflyay usulida suzishda (01:05.51) 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yana bir sportchimiz Amilova Fotima 100 metrga brass usulida suzishda (01:15.12) bronza medali sohibasi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”