Misr ikkinchi bo‘limda kambek namoyish etib, Yangi Zelandiyani mag‘lub etdi

2026 yilgi Jahon chempionatining G guruhida 2-tur bahslari qizg‘in pallasiga kirdi. Vankuverdagi «BC Place» stadionida kechgan navbatdagi uchrashuvda Misr milliy jamoasi Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv okeaniyaliklar uchun juda omadli boshlangan edi. Bahsning 15-daqiqasida Surman hisobni ochib, Yangi Zelandiyani oldinga olib chiqdi va birinchi bo‘lim aynan nominal mezbonlarning ustunligi bilan yakunlandi.
Biroq ikkinchi bo‘limda Misr terma jamoasi haqiqiy xarakter namoyish etdi. Afrikaliklar vakili Ziko 58-daqiqada muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay jamoa sardori Muhammad Saloh Misrni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani esa 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Trezege qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, ushbu guruhning narigi bahsida Eron va Belgiya terma jamoalari o‘zaro durang o‘ynashgan edi. Shu sababli Misrning ushbu g‘alabasi guruhdagi kurashni yanada qiziqarli tus olishini ta’minladi.
JCH-2026. G guruhi. 2-tur
22 iyun. Vankuver. «BC Place» stadioni
Yangi Zelandiya — Misr 1:3
Gollar: Surman (15) — Ziko (58), Saloh (67), Trezege (82).
Yangi Zelandiya: Krokomb, Peyn (Bindon 85), Boksoll, Kekachey (Randall 76), Sermen, Bell, Stamenich, Singh (Tomas 76), Jast (de Vriyes 85), Makkouott (Old 66), Vud.
Misr: Shobeyr, Ibrohim, Hani, Abul Futuh, Ashur (Zizo 84), Ziko (Abdulkarim 76), Fathi (Rabiya 41), Lashin, Attiya, Saloh (Abdulmajid 84), Marmush (Trezege 76).
Ogohlantirishlar: Lashin (17), Singh (20), Makkouott (34).































Izohlar 0
…