O‘zbekiston Portugaliyaga qarshi oq libosda maydonga tushadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi. O'yin oldidan o'tkazilgan tashkiliy yig'ilishda musobaqa reglamenti va jamoalar amal qilishi lozim bo'lgan talablar muhokama qilindi. Uchrashuv 24 iyun kuni soat 22:00 da boshlanishi belgilandi. Mazkur uchrashuvda O'zbekiston futbolchilari to'liq oq libosda, darvozaboni esa yashil rangdagi formada maydonga tushishi ma'lum bo'ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaga qarshi bahs o‘tkazadi. Uchrashuv 24 iyun kuni soat 22:00 da boshlanadi.
O‘yin oldidan FIFA vakillari hamda ikki terma jamoa rasmiylari ishtirokida tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqa reglamenti, uchrashuvni o‘tkazish tartibi va jamoalar amal qilishi lozim bo‘lgan talablar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston futbolchilari Portugaliyaga qarshi to‘liq oq libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi. Terma jamoa darvozaboni esa yashil rangdagi formada maydonga tushadi.
































Izohlar 0
…