23:13 / 04.05.2017
5 399

Ispaniya prokuraturasi Neymarni 2 yilga qamashni talab qilmoqda

Ispaniya prokuraturasi Neymarni 2 yilga qamashni talab qilmoqda
Ispaniyada «Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Neymar ustidan yangidan sud jarayoni boshlandi.

Kun.uz tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining transferi bilan bog‘liq ish bo‘yicha uning o‘zidan tashqari, otasi, «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu hamda jamoaning sobiq prezidenti Sandro Rossel ham sud oldida javob beradi.

Prokuraturaning da’vo qilishicha, yuqorida nomi keltirilgan tomonlar Neymarning transfer huquqining 40 foiziga egalik qilgan DIS investisiya kompaniyasini aldagan.

2013 yilda Neymar «Santos»dan «Barselona»ga transfer qilinganida kompaniya o‘ziga tegishli ulushni ololmagan. Kompaniyadagilarning bildirishicha, ularga transferdan tushgan pulning 40 foizi berilmagan.

Dastlab, Neymarning transfer narxi 57 mln evro deb e’lon qilingan, keyinroq esa, bu narx keskin kamaytirib ko‘rsatilgani aniqlangan. Ayni paytda, «Barselona», «Santos» va Neymarning otasiga tegishli kompaniya firibgarlikda ayblanmoqda.

Bu ishni olib borayotgan Ispaniya prokuraturasi Neymarni 10 mln evro jarimaga tortib, unga 2 yillik qamoq jazosi, uning otasi va onasiga mos ravishda ikki va bir yillik, Rosselga 5 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda. Ayblovchilar «Barselona» va «Santos»ga ham 8,4 mln hamda 7 mln evro miqdorida jarima solishni talab etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya prokuraturasi Neymarni 2 yilga qamashni talab qilmoqda