Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi Humoyun Rustamovning mahorati muxlisu mutaxassislarni hayratga soldi, deb xabar berdi Sports.uz sayti.
Bungacha professional ringda uchta jang o‘tkazib, atigi bir marotaba g‘alaba qozongan Humoyun o‘ta kuchli raqib - sakkiz uchrashuvning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan mezbon bokschi Murad Arslanov bilan raqobatlashdi.
Humoyun Rossiyaning yengilmas chempioniga qarshi jang qiladi
Murad Arslanov o‘tgan yili ozarbayjonlik Rauf Agaevni mag‘lubiyatga uchratib, WBC yo‘nalishi bo‘yicha Evroosiyo chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Joriy yilning fevralida professional ringda 30 ta g‘alaba qozongan belaruslik Andrey Isaevdan ushbu kamarni munosib himoya qildi.
Rossiyalik bokschining tajribasi va profiringdagi natijasini inobatga olgan muxlisu mutaxassislar Humoyun Rustamov bilan bo‘lgan jangda Muradning g‘alabasini bashorat qilishdi. Biroq, jangda buning aksi bo‘lib chiqdi. O‘zbekistonlik bokschi ajoyib taktik ishlanmalari orqali raqibiga umuman imkoniyat qoldirmadi.
Olti raundlik jangning oxirida hamyurtimizning kuchli zarbasidan so‘ng chempionaning qovog‘i yorilib ketdi. Biroq, texnik nokaut qayd etilmadi va g‘olib zarbalar hisob-kitobi bo‘yicha aniqlandi.
Jangda mezbonlar vakiliga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Humoyun zafar quchdi. Muradning mag‘lubiyatsiz seriyasi o‘zbek o‘g‘loni tomonidan to‘xtatildi.
Ekaterinburgdagi musobaqada qatnashgan hamyurtlarimizdan Feruzbek Yo‘ldoshev va Sherzodbek Mamajonov raqiblariga yutqazib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”