Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sport doimo siyosatdan xoli bo‘lishi kerakligini aytib keladi, deb yozadi Kun.uz sayti.
"Men sportning biror ijtimoiy yoki siyosiy kontekstga qo‘yilishiga urinishlarga qarshi chiqqanman. Sport inson faoliyatining alohida va noyob sohasidir, u o‘z qoidalari va tamoyillariga asosan mavjud, biroq siyosat bilan hech qanday umumiy jihatga ega emas va ega bo‘lmasligi kerak. Siyosat sportga aralashganda, adolatsizliklar, misol uchun, xalqaro musobaqalarga qo‘yilmagan rossiyalik paralimpiyachilar voqeasi kabi. Vaholanki bu sportchilar ularda ishtirok etishga boshqalar qatori haqli edilar", deb aytgan Putin.
Putin Rossiya sportda jahon etakchilaridan biri bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.
"Bizning sportchilar xalqaro musobaqalarda ajoyib natijalar ko‘rsatadilar, jahon rekordlari o‘rnatadilar va oltin medallarni qo‘lga kiritadilar. Boshqa davlatlar kabi, bizda ham sport natijalarida parvozlarimiz va qulashlarimiz bo‘lgan, biroq bu Rossiyaning dunyo sportining etakchilaridan biri sifatidagi maqomini shubha ostiga qo‘ymaydi", deb qo‘shimcha qilgan Putin.
Avvalroq Putin Rossiyada Olimpiada o‘tkazilishi uchun ariza berilishi mumkinligini istisno qilmagan va mamlakatda doping davlat tomondan qo‘llab-quvvatlanmasligini yana bir bor takrorlab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”