Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA Super), Xalqaro boks federasiyasi (IBF) va Butunjahon bokschilar kengashi (WBC) versiyalarining o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni, qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin Butunjahon bokschilar tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha o‘rta vazn chempioni meksikalik Saul Alvaresga qarshi shu yilning sentyabrida ringga chiqadi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda.
Bu haqda meksikalik bokschining o‘zi Xulio Sezar Chaves-kichkinaga qarshi g‘alabali jangdan keyin ma’lum qildi. Golovkin va Alvares jangi 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Alvares o‘z faoliyatida 51 jang o‘tkazib, 49 g‘alaba (34 nokaut) bir durang va bir mag‘lubiyat (Floyd Meyvezerdan) qayd etgan.
34 yoshli qozog‘istonlik bokschi hisobida jami 37 ta g‘alaba bor (ulardan 33 tasi nokaut bilan). U hamon yengilmas bokschi bo‘lib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”