Sakkizinchisi. Shahram G‘iyosovda ham g‘alaba

Sakkizinchisi. Shahram G‘iyosovda ham g‘alaba
Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining finalida jang qilgan sakkizinchi o‘zbekistonlik sportchi sakkizinchi oltin medal egasiga aylandi, deb yozdi Kun.uz sayti.

69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqaning finaliga qadar etib kelgan Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik raqibi Abilayxan Jussupovni ochkolar hisobi mag‘lub etdi va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga sakkizinchi oltin medalni keltirdi.

Osiyo chempionatining 10 ta vazn toifasidagi janglarida 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritish O‘zbekiston terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar