Havaskor va professional boksda olamshumul sovrinlarni saralab olgan o‘zbek sportchisi Ruslan Chagaev yana qadrdon yurtiga keldi, deb yozadi Kun.uz sayti.
WBA tasnifi og‘ir vaznida jahon chempioni (2007-2009), WBA og‘ir vaznda muntazam jahon chempioni (2014-2016), havaskor boksning og‘ir vaznida ikki bor jahon chempioni (1997-2001), havaskor boks og‘ir vazn toifasida Osiyo chempioni – mana shunday yutuqlar egasi bo‘lgan bokschi bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Ruslan ayni paytda yurtga qaytib, Andijonda bo‘lib turganida u bilan muxlislari uchun dildan suhbat qurishni niyat qildik.
Videointervyu davomida jangchimiz o‘zi uchun yodda qolgan janglar, bolalik xotiralari, ustozlari, do‘stlari bilan bo‘lgan qiziq voqealar, oilasi va farzandlari haqida so‘zladi. Ruslan O‘zbekistonda o‘zining boks maktabi ochishi qanday amalga oshishi mumkinligi, Ramzan Qodirov bilan tanishish tarixi, boksning siru-asrorlarini qanday egallash yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.
Vatan tuyg‘usi haqida yonib gapirgan, har bir savolga o‘zbekona so‘zamollik, lutf va chapanilik bilan javob qaytargani uning nafaqat sportchi, balki inson sifatida qanday ekanligini ko‘rsatib berdi, desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Uzoq yillar jahongashtalik bilan hayot kechirayotgan bokschimizda o‘zbekona urf-odatlar, tilimizni to‘liq saqlanib qolgani juda ta’sirli.
E’tiboringizga, Ruslan Chagaev bilan bo‘lgan videosuhbatni havola etamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”