Portugaliya va Ispaniya nimchorak final uchun asosiy tarkibni e’lon qildi

Jahon chempionati nimchorak finalida Portugaliya va Ispaniya o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 7 iyul kuni soat 00:00 da boshlanadi. Har ikki jamoa ham 4-2-3-1 taktik tizimini tanlagan. Portugaliya hujumiga Krishtianu Ronaldu boshchilik qiladi, Ispaniya safida esa Lamin Yamal, Dani Olmo va Mikel Oyarsabal asosiy tarkibdan joy olgan.
Portugaliya darvozasini Diogu Koshta qo‘riqlaydi. Himoya chizig‘ida Nunu Mendesh, Renatu Veyga, Ruben Diash va Joau Kanselu harakat qiladi.
Yarim himoyada Joau Nevesh va Pedru Netuga ishonch bildirilgan. Ularning oldida Brunu Fernandesh, Vitinya va Joau Feliks o‘ynaydi. Hujum markazida Krishtianu Ronaldu maydonga tushadi.
Ispaniya safida darvozabon Unai Simon asosiy tarkibda. Himoyani Pedro Porro, Pau Kubarsi, Emerik Lyaport va Mark Kukurelya tashkil etadi.
Rodri hamda Aleks Baena maydon markazida harakat qiladi. Lamin Yamal, Pedri va Dani Olmo hujumlarni tashkil etadi. Oldingi chiziqda Mikel Oyarsabal o‘ynaydi.
Asosiy tarkiblar
Portugaliya: Diogu Koshta, Nunu Mendesh, Renatu Veyga, Ruben Diash, Joau Kanselu, Joau Nevesh, Pedru Netu, Brunu Fernandesh, Vitinya, Joau Feliks, Krishtianu Ronaldu.
Ispaniya: Unai Simon, Pedro Porro, Pau Kubarsi, Emerik Lyaport, Mark Kukurelya, Rodri, Aleks Baena, Lamin Yamal, Pedri, Dani Olmo, Mikel Oyarsabal.































Izohlar 0
…