Fransiyadagi nufuzli France Football jurnali «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni 2017 yilgi «Oltin to‘p» uchun ham asosiy favorit sifatida baholadi, deb yozadi Kun.uz.
Nashr talqiniga ko‘ra, mukofotga ega chiqish uchun Ronaldudan tashqri«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann, «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe va «Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffonda real imkoniyatlar bor. «Oltin to‘p» egasi nomi kim o‘z jamoasi bilan joriy mavsumda EChL g‘olibi bo‘lishiga bog‘liq ekani aytilmoqda.
Qayd etish kerakki, Ronaldu 2016 yilda jamoasi bilan EChLda g‘olib bo‘lib, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandi. Har yillik mukofot 1956 yildan 2010 yilgacha France Football tomonidan topshirib kelingandi. 2010 yilda jurnal va FIFA o‘z mukofotini birlashtirdi. 2016 yilda esa jurnal ushbu hamkorlikni uzaytirishdan bosh tortdi va tomonlar mukofotlarini yana alohida holda topshiradigan bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, agar bu mavsum uchun mukofotlansa Buffon futbol tarixida «Oltin to‘p» olgan ikkinchi darvozabonga (birinchisi Lev Yashin, 1963 yil) aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”