
IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da karate bo‘yicha 60 kg gacha vazn toifasida final bellashuvi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Sadriddin Saymatov turkiyalik Kayya Aykutga qarshi kurash olib bordi. Jang yakunlanishiga 2 soniya qolganida ham Sadriddin 1:2 hisobida orqada borayotgandi. Ammo so‘nggi soniyada u o‘zining aniq zarbasi evaziga ippon bahosi ishlab oldi va qo‘lga kiritilgan 3 ochko evaziga bahsni 4:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, oltin medal sohibiga aylandi.
Saymatovning medali O‘zbekiston delegasiyaning “Islom birdamlik o‘yinlari”dagi ilk oltin sovrini sifatida tarixda qoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing