MMA bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor amerikalik bokschi Floyd Meyuezer bilan jang shartlarini kelishib oldi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt xabar berganligini Kun.uz ma’lum qilmoqda.
«Biz Konor bilan kelishuv shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdik», - deya ma’lum qildi Uayt. Ta’kidlanishicha, UFC rahbari Meyuezer bilan yakuniy muzokaralar vaqtida irlandiyalik manfaatini himoya qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchilarning jang uchun gonorari boks qoidalariga ko‘ra, aprelda e’lon qilingan darajada qoladi. O‘shanda Uayt Makgregor 75 million dollar, Meyuezer esa – 100 million dollar olishi haqida gapirgan.
Makgregor va Meyuezer o‘rtasida jang o‘tkazilishi mumkinligi haqida ilk xabarlar 2016 yilning mayida paydo bo‘ldi. 40 yoshli Meyuezer professional faoliyatida 49 jang o‘tkazib, 49 g‘alabaga erishgan (26 nokaut). Irlandiyalik esa MMA qoidalari bo‘yicha 24 ta jangda qatnashib, ularning 21 tasida zafar quchgan (18 nokaut) va uch bora mag‘lubiyatga uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”