Iroqda neft vaziri o‘rinbosarining uyidan 200 ming dollar va 4 kg tilla chiqdi

Iroqda davom etayotgan yirik aksilkorrupsiya ishi doirasida neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jamiliyning uyida tintuv o‘tkazildi. Tintuv vaqtida naqd pul, tilla va boshqa qimmatbaho buyumlar topilgan.
Ma’lum qilinishicha, xonadondan 25 million Iroq dinori, 200 ming AQSH dollari, 4 kilogramm tilla va turli taqinchoqlar musodara qilingan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, al-Jamiliy davlat mablag‘larini juda katta miqdorda o‘zlashtirish sxemasini tashkil etgan bo‘lishi mumkin. U bir nechta yuqori lavozimli shaxslar manfaati uchun vositachilik qilganlikda ham ayblanmoqda.
Bu ish bo‘yicha avval ham katta miqdorda boylik musodara qilingan. Tergov davomida al-Jamiliy va uning sheriklari uylaridan 107 million dollar va 375 kilogramm oltin olingani aytilgan.
Hozirda mazkur korrupsiya ishi bo‘yicha surishtiruv va tergov harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…