Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi Blind bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi. Danni bungacha hafta avvalida iste’fo bergan Gus Xiddinkning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi, deb xabar beradi «Olamsport.com».
Aslida Blind Xiddinkning o‘rnini Evro-2016dan so‘ng egallashi kutilayotgandi. Lekin saralash bahslaridagi qoniqarsiz natijalar sabab Xiddink muddatidan oldinroq iste’foga chiqarildi.
Gus boshchiligida gollandlar o‘tkazilgan 10ta uchrashuvdan atigi 4tasida zafar quchishdi. Gollandiya terma jamoasi Blind boshchiligidagi ilk uchrashuvni 3 sentyabr kuni guruh peshqadami Islandiyaga qarshi o‘tkazishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing