Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioni bo‘ldi

FIFA 2026 jahon chempionati finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.
Hal qiluvchi uchrashuvda asosiy vaqtda gol urilmadi va o‘yin qo‘shimcha bo‘limlargacha cho‘zildi. 106-daqiqada Ferran Torres Argentina darvozasini ishg‘ol qilib, Ispaniyani oldinga olib chiqdi. Shu gol final taqdirini hal qildi.
Argentina 90+3-daqiqada Enso Fernandes qizil kartochka olganidan keyin o‘yinni bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi. Bu holat qo‘shimcha vaqtda jamoaning imkoniyatlariga ta’sir qildi.
Statistikada Ispaniya katta ustunlikka ega bo‘ldi. Jamoa 20 ta zarba yo‘lladi, ulardan 11 tasi darvozaga aniq bordi. Argentina esa 3 ta zarba bilan cheklandi va aniq zarba qayd eta olmadi.
To‘p nazoratida ham Ispaniya ustun bo‘ldi, 68 foiz. Argentinada bu ko‘rsatkich 32 foizni tashkil etdi. Ispaniya 803 ta pas berdi, Argentina esa 445 ta uzatma amalga oshirdi.
Pas aniqligi Ispaniyada 90 foiz, Argentinada 78 foiz bo‘ldi. Burchak to‘plarida ham ispanlar 9:4 hisobida oldinda bo‘lishdi.
Shu tariqa, Ispaniya JCH-2026 g‘olibiga aylandi. Argentina finalda mag‘lub bo‘lib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.































Izohlar 0
…