Lamin Yamal ismining siri ko‘pchilikni hayratga soldi

Lamin Yamal ismining siri ko‘pchilikni hayratga soldi

So‘nggi kunlarda Lamin Yamal haqida tarqalgan bir ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchilik o‘ylaganidek, «Yamal» uning familiyasi emas.

Futbolchining to‘liq ismi Lamin Yamal Nasraui Ebana bo‘lib, bu yerda Nasraui — otasi, marokashlik Munir Nasrauidan, Ebana esa onasi, ekvatorial gvineyalik Sheyla Ebanadan o‘tgan familiyalardir. Bu Ispaniyada keng tarqalgan an’ana bo‘lib, farzand odatda ota va onasining familiyasini birgalikda oladi.

Xo‘sh, unda nega u aynan Lamin Yamal nomi bilan tanilgan?

Ispaniya OAVlarida yozilishicha, bu ism futbolchining ota-onasi hayotidagi unutilmas voqea bilan bog‘liq. Munir Nasraui va Sheyla Ebana yoshligida og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan, hatto ijara haqini to‘lashga ham qiynalgan. Ana shunday paytda Lamin va Yamal ismli mehribon er-xotin ularga boshpana berib, og‘ir kunlarni yengib o‘tishlariga yordam bergan.

Ota-onasi o‘zlariga qiyin kunlarda yordam qo‘lini cho‘zgan insonlarga hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida o‘g‘liga Lamin Yamal deb ism bergan.

Bugun u dunyo futbolining eng yorqin iste’dodlaridan biri sifatida aynan Lamin Yamal nomi bilan tanilgan. Demak, «Yamal» uning familiyasi emas, balki ota-onasiga eng og‘ir damlarda yordam bergan insonlarga bo‘lgan chuqur minnatdorlik va hurmat ramzidir.

Lamin Yamal 2007 yil 13 iyulda Ispaniyaning Espluges de Lobregat shahrida tug‘ilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar