Qahvaxonadagi dahshat: mototsikl mijozni urib yubordi (video)

Qahvaxonadagi dahshat: mototsikl mijozni urib yubordi (video)

Turkiyaning Kojaeli shahrida mototsikl ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mototsikl yo‘l chetidagi qahvaxonaga kelib urilgan. Kuchli zarba natijasida ichkarida o‘tirgan mijoz mototsikl zarbasi ostida qolib, jiddiy tan jarohatlari olgan.

Bu haqda Haber nashri xabar berdi.

Voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yetib kelgan. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, shifoxonaga olib ketilgan. Hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar