Samvel Babayan: yozda Oliy Liga o‘yinlarini 20:00da boshlanadigan qilib belgilash kerak

Samvel Babayan: yozda Oliy Liga o‘yinlarini 20:00da boshlanadigan qilib belgilash kerak
Samvel Babayan: yozda Oliy Liga o‘yinlarini 20:00da boshlanadigan qilib belgilash kerak

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 2 iyul kuni Oliy Liga klublari bosh murabbiylari bilan majlis o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmati tvitteriga tayanib Uff.uz xabar berdi.

«Yozda oliy liga o‘yinlarini 20:00dan keyin qilib belgilash kerak. O‘yinni 18:00da boshlash muxlislarga nisbatan o‘ta adolatsizlik!», - dedi Samvel Babayan.

Qayd etishlaricha, uchrashuvda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov ham ishtirok etgan.

Samvel Babayanning qo‘shimcha qilishicha, «biz hammamiz – klublar, murabbiylar, muxlislar, hamma-hamma terma jamoa atrofida birlashishimiz kerak».
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar