Bugun Tailandda futzal bo‘yicha tarixda ilk marotaba o‘tkazilayotgan U-20 Osiyo chempionatining chorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs o‘tkazdi. Keskin o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 6:6 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha taymlarda esa vakillarimiz dastlab gol o‘tkazib yuborishlariga qaramay yakunda 4:1 hisobida zafar quchib yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Umumiy hisob 10:7! O‘zbekiston yoshlari endi yarim finalda Iroq bilan bellashadi. Bugun Iroq Yaponiyani 1:0 hisobida taslim qildi. Ikkinchi yarim finalda esa Tailand va Eron o‘zaro bellashishadi.
U-20 Osiyo chempionati
Chorak final, 22.05.2017
"Hua Mark Indoor Stadium", 17:00
O‘zbekiston U-20 - Mo‘g‘uliston U-20 - 10:7
Gollar: X.Erkinov 10, A.Usmonov 10, 17, X.Nishonov 11, B.Rizaev 13 - A.Temujin 8, B.Battulga 9 (dabl penalti), E.Bat-Orgil 12, T.Ganzorig 16
Amalga oshirilmagan dabl penalti: B.Battulga 15
O‘zbekiston U-20 (birinchi beshlik): 12.Sunnatjon Anvarov, 7.Ilhomjon Hamroyev, 11.Xushnur Erkinov, 13.Akbar Usmonov, 14.Said Rizo Mirsharofov.
Zaxira: 1.Mirislom Miraliev, 2.Shohjahon Shonazarov, 3.Botirbek Rizaev, 4.Asli Muhammadiev, 5.Olimjon Vohidov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Doniyorbek Tohirov.
Mo‘g‘uliston U-20 (birinchi beshlik): 14.Purevdorj Badamserejid, 4.Erdenebat Bat-Orgil, 7.Batbaatar Battulga, 10.Tsolmonbaatar Ganzorig, 11.Altansuh Temujin.
Zaxira: 1.Khishigbaatar Bilegdemberel, 2.Garambazar Banzragh, 3.Munzul Muntenker, 5.Bayansaihan Enhsaihan, 6.Erden-Undrah Battogtoh, 8.Bilguun Tsetsegma, 9.Yesuhei Oyunbileg, 12.Tuvshintug Uuganbayar, 13.Tsogt-ochir Jargaltuya. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?