07:18 / 25.05.2017
5 751

Pogba, Mxitaryandan gol va «Manchester Yunayted» - Evropa Ligasi chempioni

Pogba, Mxitaryandan gol va «Manchester Yunayted» - Evropa Ligasi chempioni
Evropa Ligasi musobaqasining final bosqichidan o‘rin olgan “Ayaks” - “Manchester Yunayted” uchrashuvi yakuniga etdi. Unda, "MYu" 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv ikki kun avval Manchester shahridagi terakt oqibatida bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

O‘yinning ilk daqiqalarini “Manchester Yunayted” futbolchilari raqib darvozasi tomon ketma-ket hujumlar uyushtirish bilan boshlashdi.

To‘p nazoratini qo‘lga olgan “Ayaks” futbolchilari maydon markazida 105 millionga “Yuventus”dan xarid qilingan Pol Pogbani ochiq qoldirishdi. Pogbaning darvoza tomon yo‘llagan zarbasi “Ayaks” himoyachisiga tegib, rikoshet holatida darvozadan joy oldi.

24 daqiqada Fellayni gollandiyaliklar futbolchilardan to‘pni olib o‘ng qanotda ochilgan Valensiyaga uzatdi, jarima maydonchasiga kirib borgan Valensiyaning zarbasini “Ayaks” darvozaboni Andrey Onana qiyinchilik bilan qaytardi.

Raqobatlarga boy kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob boshqa ochilmadi, jamoalar tanaffusga 0:1 hisobida yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limning 48 daqiqasida burchak to‘pidan so‘ng Kris Smollinging bosh bilan bergan zarbasi “Ayaks” himoyachisiga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Geynrix Mxitaryan ajoyib tarzda darvozaga yo‘naltirib “MYu”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

O‘yin yakuniga qadar “Ayaks” hisobni tenglashtirish uchun “MYu” darvoazasi oldida hujumlar uyushtirishga erishishdi. Ammo bugun “Manchester Yunayted”ning barcha futbolchilari faqat g‘alaba uchun maydonga tushishganini isbotlashdi.

Shu tariqa, “MYu” Evropa Ligasi finalida g‘olib chiqib, keyingi mavsum EChL guruh bosqichiga yo‘l oldi va tarixiy natijani qayd etdi.

Evropa Ligasi, final

“Ayaks” – “Manchester Yunayted” 0:2 (0:1)

Gollar: Pogba (17), Mxitaryan (48),

«Ayaks»: Onana, Veltman, Sanches, de Ligt, Ridevald (de Yong, 82), Klassen, Shene (van de Bek, 70), Ziesh, Traore, Dolberg (Neres, 62), Yunes.
«Manchester Yunayted»: Romero, Valensiya, Smolling, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Mata (Runi 90), Fellaini, Mxitaryan (Lingard 74), Reshford (Marsyal 84).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan 31, Fellaini 52, Veltman 58, Yunes 64, Mata 78, Ridevald (78).


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pogba, Mxitaryandan gol va «Manchester Yunayted» - Evropa Ligasi chempioni