Jordan Henderson kutilmaganda Chelsi safiga qoʻshildi

Jordan Henderson Brentford bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida Chelsi bilan 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitim imzoladi. 36 yoshli yarimhimoyachi jamoaga tajriba va yetakchilik olib kelishi, shuningdek, Andrey Santosning Manchester Yunaytedga sotilishidan keyin markazdagi bo'shliqni to'ldirishi kutilmoqda.
Tajribali yarimhimoyachi Jordan Henderson Brentford bilan shartnomasini bekor qilgach, erkin agent sifatida Chelsi jamoasiga oʻtdi. Goal.com xabar berishicha, 36 yoshli futbolchi Gʻarbiy London klubi bilan 2028-yilning yoziga qadar moʻljallangan bitim imzolagan va yosh jamoadoshlariga tajriba hamda yetakchilik olib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Brentford bilan ikki yillik shartnomasining yarmini yakunlagan sobiq Liverpul sardori yangi chaqiruvni qabul qilishga qaror qildi. U klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida bu taklifni rad eta olmaganini taʼkidladi.
Yangi jamoa va rahbarlarga yuqori baho
"Klubning koʻlami, men katta hurmat qiladigan bosh murabbiy hamda futbolchilarning saviyasini hisobga olgan holda, bu men rad eta olmaydigan ulkan imkoniyat edi", — dedi Henderson. Shuningdek, u Chelsi rahbariyatining yondashuvi va munosabatidan qattiq taʼsirlanganini qoʻshimcha qildi.Chelsi rahbariyatining bu qadami Andrey Santosning yozda Manchester Yunaytedga sotib yuborilishidan boʻshagan markazdagi boʻshliqni toʻldirishga qaratilgan. Jamoa tarkibi yosh futbolchilardan iborat boʻlgani bois, tajribali oʻyinchining kelishi ichki muhit va intizomni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boy tajriba va xalqaro maydondagi nufuz
Faoliyati davomida sakkizta yirik sovrinni qoʻlga kiritgan ingliz futbolchisi bosim yuqori boʻlgan vaziyatlarda qanday oʻynashni yaxshi biladi. Brentfordning sobiq ustozi Keyt Endryus uni zamonaviy Premyer-liga tarixidagi eng taʼsirli yetakchilardan biri deb atagan edi.Shuningdek, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel ham Hendersonni "gʻoliblar mentalitetiga ega futbolchi" deb taʼriflab, uning xarakteri va energiyasi har qanday kiyinish xonasiga kerakligini urgʻulagan. Henderson terma safida 90 ta oʻyin oʻtkazib ulgurgan va 2026-yilgi jahon chempionati tarkibiga ham kiritilgan.
Qayd etish joizki, Jordan uchun Stamford Bridge begona joy emas. U oʻzining professional faoliyatidagi debyutini aynan shu stadionda 2008-yilda Sanderlend safida oʻtkazgan edi. Livipuldagi afsonaviy davridan soʻng Saudiya Arabistonining Al-Ittifaq va Ayaks klublarida toʻp surgan yarimhimoyachi 2025-yilda Angliya chempionatiga qaytgan edi.






























Izohlar 0
…