
Joriy yilning 26-27-28 may kunlari Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida ilk marotaba paralimpiya dzyudosi bo‘yicha 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beruvchi Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Osiyoning eng kuchli - Eron, Janubiy Koreya, Hindiston, Iroq, Tojikiston, Xitoy Taypey, Tailand, Qozog‘iston va jahonning eng kuchli jamoasi hisoblanadigan O‘zbekiston jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasi raisi o‘rinbosari Toshxo‘jaev Muxtorxon so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqa bilan tabrikladi va chempionatni ochiq deb e’lon qildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu chempionatda 9 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinni 3 ta oltin 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan Janubiy Koreya, uchinchi o‘rinni 2 ta oltin 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan Eron terma jamoasi egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar