6 456
Babayan Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi. Yangi nomlar bor
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to‘qnash keladi. Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchini jalb qildi:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»);
Himoyachilar: Stanislav Andreev («Paxtakor»), Farrux Sayfiev («Nasaf»), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay», Xitoy), Egor Krimes («Beyjing Goan», Xitoy), Islomjon Qobilov («Metallurg»), Rustam Ashurmatov («Bunyodkor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»), Davron Hoshimov («Paxtakor»), Akmal Shorahmedov («Nasaf»);
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov («Shanghay SIPG»), Server Jeparov («Istiqlol», Eron), Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv»), Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar), Marat Bikmaev («Lokomotiv»), Aziz Haydarov («Ajman», BAA), Fozil Musaev («Jubilo Ivata», Yaponiya), Azizjon G‘aniev («Nasaf»), Vadim Afonin («Orenburg», Rossiya), Odil Hamrobekov («Nasaf»);
Hujumchilar: Igor Sergeev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («As-Sayliya», Qatar), Aleksandr Geynrix («Ordabasi», Qozog‘iston).
O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To‘xtaxo‘jaev («Lokomotiv», Toshkent), Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov («Qo‘qon-1912») klub mashg‘ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv «Bunyodkor» stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi