Maykl Kerrik «PSJ»ga qarshi o‘yindan so‘ng: «Jamoa mavsumga to‘liq tayyor»

1 daqiqa o'qish95
Maykl Kerrik «PSJ»ga qarshi o‘yindan so‘ng: «Jamoa mavsumga to‘liq tayyor»
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «PSJ»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng jamoa mavsumga tayyorgarlik jarayonidan qoniqish hosil qilganini bildirdi.
  • U futbolchilarning maydonda vaziyatlardan chiqish yo‘llarini mustaqil topishi yangi mavsumga ruhan va taktik jihatdan tayyorgarlik uchun muhim ekanini ta’kidladi.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shiddatli kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mankunianliklar ustozi jamoaning mavsumga tayyorgarlik jarayoni va o‘yindagi muhim jihatlarga alohida to‘xtaldi.

«Shogirdlarim maydonda o‘zlari yechim topishlari muhim»

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» rasmiy saytiga bergan intervyusida o‘yin va tayyorgarlik bosqichidan qoniqish hosil qilganini bildirdi:

«Bu o‘yin uchun belgilab olgan maqsadlarimizga po‘liq erishdik. Ba’zida vaziyatdan chiqish yo‘li va muammolarni hal qilish variantlarini yigitlarning o‘zi topishi juda muhim. Hatto bunga zarurat bo‘lmasa ham, ularga doimo tayyor javoblarni taqdim etaverishni istamaymiz — bu narsa futbolchilarni yangi mavsumga ruhan va taktik jihatdan pishitadi.

Boshqalar doim ham ko‘ravermaydigan, ammo biz murabbiylar shtabi sifatida juda mamnun bo‘ladigan ko‘plab ijobiy jihatlar bo‘ldi va bu kelajak uchun yaxshi alomatdir», — dedi mutaxassis.

Skandinaviyadagi yig‘in va muxlislar energiyasi

«MYU» ustozi mavsumlararo tanaffusda o‘tkazilgan Skandinaviya turnesi va ishqibozlar bilan muloqot haqida ham iliq fikrlar bildirdi:

  • Intizom va temp: Yig‘in davomida jamoa o‘yin tempini sekin-asta va tizimli ravishda oshirib bordi.

  • Muxlislar bilan aloqa: «Odatda safarlar faqat mehmonxona va stadion oralig‘ida kechadi. Ammo bu safar biroz sayr qildik, muxlislar bilan suhbatlashdik. Yilning ushbu davrida bu juda muhim, chunki ularning energiyasi va ishtiyoqini his qilasiz. Biz aynan ularga quvonch ulashish uchun mehnat qilamiz. Oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajardik va umid qilamanki, muxlislar o‘yindan zavq olishdi».

Yangi mavsum startiga oz qoldi

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 1-turida «Manchester Yunayted» 22 avgust kuni «Hall Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?