Mikel Arteta Dortmund klubi bilan o‘yindan so‘ng bayonot berdi

Mikel Arteta Dortmund klubi bilan o‘yindan so‘ng bayonot berdi
Qisqacha

Mikel Arteta Emirates Cup doirasida «Borussiya»ga 2:3 hisobida yutqazilgach, mag'lubiyat og'riqli bo'lganini va jamoa holatini zudlik bilan yaxshilash zarurligini aytdi. U ayrim futbolchilarga ko'proq o'yin daqiqalari va maydon ritmi kerakligini, ko'plab futbolchilar hali safga qaytmaganini ta'kidladi. Arteta so'nggi o'yinlarda o'tkazib yuborilgan jo'n va yomon gollar, yakkakurashlar hamda maydondagi kurashlardan keyingi vaziyatlarda yo'l qo'yilgan xatolarni qayd etdi.

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Emirates Cup musobaqasi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechgan o‘yindagi (2:3) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Ispaniyalik mutaxassis jamoaning hozirgi holati, yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va oldinda turgan vazifalar haqida ochiq-odin gapirdi.

«Garchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, mag‘lubiyat og‘riqli»

Mikel Arteta mag‘lubiyatni bahonalarsiz qabul qilgan holda, jamoada hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘pligini ta’kidladi:

«Mag‘lub bo‘ldik, bu, albatta, bizni xursand qilmaydi. Vaziyatni zudlik bilan yaxshilashimiz kerakligi aniq. Ayrim futbolchilarimizga ko‘proq o‘yin daqiqalari va maydon ritmi zarur, ushbu bahs ular uchun shu jihatdan juda foydali bo‘ldi.

Garchi bu rasmiy maqomdagi o‘yin bo‘lmasa-da, har qanday mag‘lubiyat og‘riqli bo‘lishi kerak. Ammo biz ayni paytda qaysi nuqtada ekanimizni yaxshi tushunib turibmiz. Hali ko‘plab futbolchilarimiz safga qaytmagani, ayrimlari esa yetarlicha mashg‘ulot o‘tkazishga ulgarmagani ayon. Shuning uchun ba’zida bunday mag‘lubiyatlarga uchrash ham foydali», — dedi Arteta.

Xatolar va jamoaviy mas’uliyat

«Arsenal» ustozi so‘nggi o‘yinlarda o‘tkazib yuborilayotgan gollar va himoya chizig‘idagi kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Bir necha kun oldin ham jo‘n va yomon gollarni o‘tkazib yuborgandik, bugun ham aynan shu holat takrorlandi. Ayniqsa, yakkakurashlar va maydondagi kurashlardan keyingi vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ammo bu umumiy jamoaviy javobgarlikdir.

Shuning uchun qo‘limizda bor bo‘lgan futbolchilar bilan birgalikda o‘sishimiz va kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Biz o‘yinimizni yaxshilashni xohlaymiz va albatta bunga erishamiz», — deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports nashri.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar